Demokratik Ispaniyada ilk marta qirol parlamentni tarqatib yuborish haqidagi farmonni imzoladi

Jahon 18:03 / 03.05.2016 7543

Ispaniya qiroli Filipp VI parlamentning har ikki palatasini tarqatib yuborish va mamlakatda muddatidan avval saylovlarni 26 iyunda o‘tkazish haqidagi farmonini imzoladi. Bu haqda qirollik saroyida xabar qilindi.

Davlat rahbari mazkur qarorini bugun, 3 may kuni ertalab deputatlar kongressi (quyi palata) raisi Pachi Lopes bilan uchrashuvda ma'lum qilgan. Endi bu bo‘yicha hujjat hukumatning rasmiy nashrida e'lon qilingach kuchga kirgan hisoblanadi.

2015 yilning dekabridan buyon o‘tgan 4 oy ichida deputatlar kongressi bosh vazirlikka nomzod masalasida bir qarorga kela olmadi.

26 aprelda qirol Filipp VI yangi nomzod taklif etmasligini bildirgan. Bu esa parlamentning 3 maydan tarqatib yuborilgani va yangi saylov 26 iyunda bo‘lib o‘tishini bildiradi.

Bunday holat demokratik yo‘ldan borayotgan Ispaniya tarixida birinchi bor kuzatilishi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: