BMT Modeli konferensiyasi bu yil 4 qo‘mita bilan ish olib bordi

Jamiyat 20:31 / 03.05.2016 10133

3 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BMT Axborot ofisi tomonidan tashkil qilingan BMT Modeli anjumani bo‘lib o‘tdi.
BMT Modeli universitetda 11 marta o‘tkazildi.

Bu yilgi konferensiyada JIDUdan tashqari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari ishtirok etishdi.

Anjumanning o‘tgan yillardan farqli tomoni shundaki, bu yil qatnashchilar an'anaviy ravishda 3 emas, balki 4 qo‘mita – BMT Xavfsizlik Kengashi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMT Bosh Assambleyasining birinchi va BMT Bosh Assambleyasining ikkinchi qo‘mitalarining ayni damda dolzarb bo‘lgan mavzulari bo‘yicha majlis o‘tkazishdi.

Tadbirning yopilish marosimida BMT Axborot ofisi tomonidan faol qatnashchilar uchun sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, BMT modeli – Birlashgan Millatlar Tashkiloti yig‘ilishlarining kichik shakli bo‘lib, unda talabalar turli xil davlatlar vakillari sifatida ishtirok etishadi va ushbu mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilishadi.

 

 

 

 

Fotolar muallifi: Madina Nurman

Ko‘proq yangiliklar: