Turkiya harbiylari IShIDning Suriyadagi 30dan ortiq jangarisini yo‘q qildi

Jahon 12:39 / 02.05.2016 17107

Turkiya armiyasi tomonidan berilgan artilleriya zarbalari natijasida Suriya hududidagi IShID jangarilaridan 34 nafari o‘ldirilgan. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, turkiyalik harbiylar IShID tomonidan Turkiyaning Suriya bilan chegaradagi Kilis shahriga raketalar uchirishiga javoban hujumga o‘tgan.

Turkiya bergan zarbalar natijasida IShIDning 6ta transport vositasi hamda 6ta o‘t ochish pozitsiyasi yo‘q qilingan.

Bundan oldinroq, Turkiyaning Kilis shahriga IShID jangarilari tomonidan raketalar uchirilishi odatiy holga aylangani haqida xabarlar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: