Putin ukrainalik qochqinlarga yashash uchun ruxsat berishni soddalashtirish haqidagi qonunni imzoladi

Jahon 11:13 / 02.05.2016 25166

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani majburiy tarzda tark etgan xorijliklarga Rossiyada yashash uchun ruxsat berishning soddalashtirilgan tartibi haqidagi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Tegishli hujjat huquqiy axborot portalida chop etildi.

Qonun Rossiyaga favqulodda ommaviy ravishda kelgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar, Rossiya hududida qochqinlar deb tan olingan yoki vaqtinchalik boshpana olgan va hamyurtlarni ko‘ngilli tarzda ko‘chirib o‘tkazish dasturiga ko‘mak ko‘rsatish davlat dasturi ishtirokchilari bo‘lgan xorijda yashaganlar hamda ularning oilalariga  soddalashtirilgan tartibda Rossiyada yashash uchun ruxsat olish imkoniyatini ko‘zda tutadi.  

Qonun rasman chop etilgan kundan 90 kun o‘tib kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: