Nobel mukofoti sovrindorlari KXDRning yirik Oliy o‘quv yurtlarida ma'ruza qilishadi

Jamiyat 11:22 / 02.05.2016 10758

Shimoliy Koreyaning Kim Ir Sen nomidagi yetakchi universitetining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada bir guruh Nobel mukofoti sovrindorlari ham ishtirok etdi.

Tinchlik — "bu vaqt, e'tibor va barcha manfaatdor tomonlar ishtirok etishini talab qiladigan jarayondir", — deydi Vena xalqaro tinchlik fondi asoschisi Ugo Moravets. Uning ma'lum qilishicha, Norvegiya, Isroil va Britaniya fuqarolari bo‘lmish Nobel sovrindorlari Finn Kidland, Aaron Chexanover va Richard Roberts Pxenyanga tashrifi doirasida ma'ruzalar qilishadi. Ular, shuningdek, KXDR poytaxtining bir nechta Oliy o‘quv yurtlari, Kim Ir Sen universiteti, Fan va texnologiyalar instituti, Kim Chak nomidagi Texnologiya universitetida seminarlar o‘tkazishib, talabalar bilan muloqotda bo‘lishadi.

Moravetsning aytishicha, Tinchlik jamg‘armasi xayriya tashkiloti bo‘lib, YuNeSKO bilan hamkorlikda Tailand, Filippin, Malayziya, Singapur, Kambodja va boshqa davlatlarning yirik universitet va maktablarida "Aloqalar o‘rnatish — Muloqotdan tinchlik sari" dasturini amalga oshirib keladi. Unda Nobel mukofotining 48 nafar sovrindori, jamoat arboblarining katta guruhi, artistlar va talabalardan iborat 180 mingdan ortiq inson qatnashadi. 

Pxenyanda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda, shuningdek, Lixtenshteyn shahzodasi Albert ham ishtirok etgan.

Ko‘proq yangiliklar: