Qozog‘istonda neft favvorasi otildi

Jahon 09:57 / 02.05.2016 89926

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida neft konlaridan birida xomashyo otilib chiqishi oqibatida o‘ziga xos neft fontanini kuzatish imkoni paydo bo‘ldi. Ushbu hodisa aks etgan videolavhalar internet tarmog‘ida paydo bo‘ldi.

Uni YouTube saytining Beka Kazax kanalida ko‘rish mumkin. Rolikka qoldirilgan izohda aytilishicha, voqea Janaozen shahri yaqinidagi neft konida yuz bergan.

Avariya vaqtida favvora balandligi 10-12 metrlarga yetgan. Xabarlarga ko‘ra, halokat joyida "KeZBI" tashkiloti ishchilari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lgan.

Hozircha, hodisa qamrovi va neft oqqan maydon xususida ma'lumotlar mavjud emas.

Ko‘proq yangiliklar: