Indoneziyada 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi

Jahon 11:44 / 02.05.2016 9268

Indoneziya orollaridan birining sohilida 5,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologik xizmat saytida xabar tarqatildi. 

Yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 11:21da (Toshkent vaqti bilan 9:21) sodir bo‘lgan. Zilzilaning epimarkazi Kotabumi shahridan 55 kilometr janubi-g‘arbda Sumatra orolining janubiy burchagida deb belgilandi. 

Zilzila o‘chog‘i 132,7 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer qimirlashi oqibatida vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida xabar berilmagan. Tsunami xavfi to‘g‘risida ham ma'lumot yo‘q. 

2016 yilning mart oyida ham Indoneziyada zilzila sodir bo‘lgan. O‘shanda sunami xatari to‘g‘risida ogohlantirilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: