Xitoyda kompaniyalar daromadiga soliq bekor qilindi 

Iqtisodiyot 12:21 / 02.05.2016 8669

XXR hukumati mamlakat ishlab chiqarish korxonalarini daromad solig‘i to‘lash majburiyatidan ozod etdi. "Di i tsaytszin jibao" gazetasining yozishicha, 1 maydan boshlab, Xitoy kompaniyalari daromad solig‘i o‘rniga qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashlari lozim bo‘ladi.

Mamlakat soliq sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida, QQS tizimiga o‘tish jarayoni xalq xo‘jaligining qurilish, ko‘chmas mulk, xizmat ko‘rsatish va moliya sohalaridagi 10 millionga yaqin soliq to‘lovchini qamrab oladi. Qonun mualliflarining fikricha, yangilik ko‘plab tashkilotlarning soliq yukini kamaytirish imkonini beradi.

Korxonalar soliqdan tejalgan mablag‘larini o‘z samaradorligini oshirishga sarflashi bilan ushbu islohotlar mevasini amalda namoyish etishlari kerak. XXR davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yangiliklar sababli 2016 yili davlat g‘aznasiga tushadigan mablag‘lar hajmi 500 mlrd yuandan (77 mlrd dollarga yaqin) ko‘proqqa kamayadi. Hukumat rahbariyati davlat byudjyeti kamomadini o‘tgan yilgi 2,3 foizdan 3 foizgacha ko‘paytirishga qaror qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: