Fransiyalik jurnalist IShID ichiga kirib olib, jangarilar hayotini hujjatli filmda tasvirladi

Jahon 11:59 / 02.05.2016 105195

Fransiyalik jurnalist bo‘lajak xudkushlar tayyorlanadigan guruhga o‘g‘rincha kirib oldi. Uch oy davomida u IShID nomidan Fransiyada amalga oshiriladigan terrorchilik harakatlarini rejalashtirish jarayonini yashirin ravishda videokamera orqali tasvirga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda

Dovyurak jurnalist Said Ramziy taxallusi bilan “Olloh askarlari” nomli hujjatli film uchun jurnalistik surishtiruv olib borgan. U filmda yosh jihodchilarning aslida kimligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Film namoyishi 2 mayga mo‘ljallangan. 

“Mening maqsadim – ular nimalarni his qilayotganlarini tushunish edi”, - deydi u Frans Press agentligiga bergan intervyusida. 

“Menda eng katta taassurot qoldirgan jihat shu bo‘ldiki, ularning xatti-harakatlarida hech qanday Islom dini belgilari ko‘rinmasdi. Ularda yaxshilik qilishga intilish, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish istagi yo‘q edi. Shunchaki yo‘ldan adashgan, g‘amgin, umidsiz, o‘zligini yo‘qotgan, o‘zini o‘ldirishga moyil, oson boshqariladigan sarosimadagi yosh yigitlar”, - bo‘lishdi Ramziy. 

Ramziyning aytishicha, radikallar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqotga kirishish oson bo‘lgan. Shundan keyin u har doim ularning lagerida yurgan. Bir kuni noma'lum ayol unga tungi klublarning biriga hujum amalga oshirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yozilgan maktub beradi. 

Reja amalga oshirilguncha esa, guruh huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olinadi va ularning yomon rejasi bartaraf etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: