Floridada yuz bergan YTH tufayli 4 bola halok bo‘ldi

Jamiyat 12:04 / 02.05.2016 12825

AQShning Florida shtatidagi shosselarning birida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, ulardan 4 nafari bolalar. Assoshieyted Press xabariga ko‘ra, yana 3 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan.

Bu hodisa 2 mayga o‘tar kechasi shtat janubidagi yo‘llardan birida sodir bo‘lgan.

Palm-Bich okrugi yo‘l boshqarmasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, haydovchilardan biri boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida YTH kelib chiqqan.

Voqea joyida 3 kishining o‘limi qayd etilgan, shifoxonaga olib borilganlardan 4 nafarining joni uzilgan.

Jarohatlanganlar orasidagilarning biri ham yosh bola ekani aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: