Donald Tramp Rossiya qiruvchi samolyotlarini urib tushirishni taklif qildi

Jahon 23:06 / 02.05.2016 265529

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp Indiana Radio ga bergan intervyusida amerikaliklarning samolyotlariga yaqinlashib keladigan Rossiya qiruvchi samolyotlari urib tushirilishi kerakligini aytib o‘tdi.

Uning fikricha, Rossiya samolyotlarining Boltiq dengizi hududida AQSh harbiy kemasi yaqinidan xavfli tarzda uchib o‘tishi AQShga va mamlakat prezidentiga hurmatsizlik hisoblanadi.

Trampning aytishicha, Obama o‘zining rossiyalik hamkasbi Putin bilan bu masalani muhokama qilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: