Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Beeline Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

Fan-texnika 10:50 / 02.05.2016 8473

Aloqa operatori Beeline Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Wi-Fi xizmati ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Endilikda Beeline abonentlari tezkor Internetning barcha imkoniyatlaridan soatiga $0,50 evaziga foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish chog‘ida trafik cheklanmaydi. 

Beeline‘ning avvaldan to‘lov tizimi abonentlari Wi-Fi orqali Internetga ulana oladilar. Mablag‘ bevosita balansdan yechib olinadi. Wi-Fi‘dan foydalangan paytda balansdagi Megabaytlar sarflanmaydi. Tarmoq nomi – Beeline Wi-Fi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida va Beeline Uzbekistan mobil ilovasida.
 

Ko‘proq yangiliklar: