3 may ob-havo ma'lumoti

O‘zbekiston 12:20 / 02.05.2016 20934

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 12-14, kunduzi 23-25 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetadi. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17,  kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 15-20, kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi.   

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda kuchayib, momaqaldiroq paytida sekundiga 15-20 metrgacha yetadi. Kechasi 14-19, kunduzi 19-24 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja issiq bo‘ladi.

O‘zA  
 

Ko‘proq yangiliklar: