1 oy oldin yashin urishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan avstraliyalik darvozabon olamdan o‘tdi

Sport 16:03 / 02.05.2016 5733

Malayziyaning «Melaka Yunayted» jamoasi darvozaboni, 18 yoshli avstraliyalik Stefan Petrovski yashin urishi tufayli shifoxonaga yotqizilganidan 1 oy o‘tib vafot etdi. Bu haqda Avstraliya futbol federatsiyasi saytida ma'lum qilingan.

"Avstraliya futboli hamda federatsiya nomidan Petrovskining oila a'zolari va uning yaqinlariga hamdardlik izhor qilamiz", deyiladi federatsiya sayti xabarida.

4 aprel kuni jamoaning mashg‘ulotlaridan qaytayotgan Stefan Petrovski va uning jamoadoshi, 21 yoshli himoyachi Muxd Afik Azuanni yashin urgan, Azuan yengil jarohat olgan, Petrovski esa hushidan ketib, reanimatsiyaga yotqizilgandi.

Ayni vaqtda Azuanning ahvoli barqarorlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: