Turkiyaning Gaziantep shahridagi politsiya mahkamasi binosida portlash sodir bo‘lgan.
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, bino oldida portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilishi orqali terakt sodir etilgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, portlash natijasida 1 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, bir necha kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Hodisa joyiga tibbiy xodimlar yetib kelgan. Maxsus guruhlar terakt tafsilotlarini o‘rganishga kirishishgan.