"Suriya ozod armiyasi" yagona harbiy blok yaratilganini ma'lum qildi

Jahon 21:47 / 01.05.2016 41103

Suriyaning muxolif "Suriya ozod armiyasi" (SOA) tarkibiga kiruvchi qurollangan guruhlar Suriyaning istalgan hududida hujumlarga javob beruvchi yagona harbiy blok yaratilganini ma'lum qilishdi

"Biz Suriya bo‘ylab qurollangan otryadlar yagona blokni tashkil qilamiz, bizning bo‘linmalar joylashgan hududda amalga oshirilgan hujum Suriyaning butun hududi bo‘ylab barcha otryadlarga qilingan hujumdek baholanadi va biz o‘z ortimizdan bu hujumga javob berish huquqini qoldiramiz", deyilmoqda SOAga kiruvchi 37 ta otryad imzolagan bayonotda. 

Hujjatda o‘t ochishni to‘xtatish tartibi deyarli barbod bo‘lgani, hukumat kuchlari esa jadallik bilan turli hududlarni, jumladan Halabni bombardimon qilayotganlari aytilgan.

Avvalroq SOA Halabning o‘qqa tutilishi sababli 30 aprelda Damashqda bir sutkaga va Lataqiyada 3 sutkaga kiritilgan "sukut tartibiga" amal qilmasligini aytgan. Keyinroq bu tartib ijobiy natija bergani sababli Damashqda uzaytirildi. Bu vaqt davomida jangovar harakatlar va istalgan turdagi qurolni qo‘llash taqiqlanadi.   

SOA Suriyada ixtilof boshlangandan keyin tashkil etilgan va muxolifatning jangovar qanoti hisoblanadi. Uning asosini Bashar Asadga qarshi jang qilganlar va dezertirlardan iborat ko‘p sondagi tarqoqlashgan jangovar guruhlar tashkil qiladi. SOAning asosiy maqsadi Asad tuzumini yo‘q qilish hisoblanadi. U BAA va Turkiyadan ko‘mak oladi. Ayni vaqtda SOA Idlib va Halab viloyatlari hamda Suriya janubidagi kichik hududlarni nazorat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: