OAV: Britaniyada tipratikanlar oilasi katta ko‘lamdagi temir yo‘l loyihasining amalga oshirilishiga xalaqit qilmoqda

Jamiyat 21:19 / 01.05.2016 16149

London hayvonot bog‘i yaqinida yashovchi 11 ta tipratikandan iborat tipratikanlar oilasi 50 mlrd dollarlik High Speed Two (HS2) yuqori tezlikdagi temir yo‘l loyihasining amalga oshirilishini barbod qilishi mumkin. Bu haqda ekologlarga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinishicha, bu tipratikanlar oilasi London hayvonot bog‘i joylashgan Rijyents park avtoturargohida yashaydi. London hayvonot bog‘i ekologlari HS2 loyihasida ishlatiluvchi qurilish texnikasi uchun ajratilgan bu joy tipratikanlar sonining kamayishiga yoki umuman qirilib ketishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblamoqdalar. Hayvonot bog‘iga egalik qiluvchi London zoologik jamiyatiga loyihaga qarshi lordlar palatasiga arznoma topshirgan 827 nafar arzchi kiradi. 

"Eng yaxshi yechim – umuman tipratikanlarni bezovta qilmaslikdir", deb aytdi loyiha ekologlarining tipratikanlarni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish taklifiga Britaniya tipratikanlarni muhofaza qilish jamiyati rahbari Fey Vass. Hayvonot bog‘i vakillari taklifni rad etishdi va loyiha rahbarlari bilan uchrashuv tashkillashtirishni talab qilmoqdalar.

High Speed Two loyihasi London va mamlakatning shimolida joylashgan shaharlar orasida tezroq o‘tish yo‘llarini yaratishga qaratilgan. Loyihaning 1-bosqichi London va Birmingem o‘rtasida tunnel va o‘tish joylari yaratishdan iborat bo‘ladi. Kutilishicha, pereyezdlar yo‘lga sarflanadigan vaqtni 80 daqiqadan 50 daqiqaga kamaytirishga imkon beradi.

Ko‘proq yangiliklar: