Germaniyada namoyishda ishtirok etgan 500 kishi hibsga olindi

Jahon 15:55 / 01.05.2016 12427

Germaniyada politsiyachilar va namoyishchilar ishtirokida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tganidan keyin, 500 kishi hibsga olindi. Bu haqda CNN xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Germaniyadagi ultra o‘nglar partiyasi Shtutgartda konferensiya o‘tkazgan. Namoyish ishtirokchilari konferensiya o‘tayotgan binoga kirish joyini to‘sib qo‘yishgan.

Namoyishchilar voqea hududiga yetib kelgan politsiyachilarga mash'alalar uloqtirishgan.

2015 yilning noyabrida Vaynxaym shahrida ham shu partiya a'zolari tartibsizliklar keltirib chiqarishgan, o‘shanda namoyishlarda 1,5 mingdan ortiq kishi ishtirok etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: