Germaniya iqtisod vaziri sog‘ligi yomonlashgani uchun Eronga safarini bekor qildi

Jahon 19:48 / 01.05.2016 6707

Germaniya federativ respublikasi iqtisodiyot vaziri va kansler o‘rinbosari Zigmar Gabriel Tehronga uyushtirishi kerak bo‘lgan safarini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Reyter agentligining vazirlikdagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, bunga amaldorning sog‘lig‘ida yuzaga kelgan muammo sabab bo‘lgan.

Vazir eronlik hamkasbi Ali Toyiboniy bilan birgalikda Tehrondagi konferensiyada ishtirok etishi kutilayotgandi.

Endilikda, safarning qachon amalga oshishi ma'lum qilinmagan.

Zigmar Gabriel 2015 yilning avgustida, sanksiyalar olingach Tehronga ilk tashrifini amalga oshirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: