BAAda imomlar WI-Fi internetdan o‘g‘rincha foydalanishni taqiqlashdi

Jamiyat 23:26 / 01.05.2016 12059

Birlashgan Arab Amirliklarida musulmon imomlari birovning simsiz internetga kirishidan uning ruxsatisiz foydalanishni shariatga xilof deb e'lon qildilar. The National gazetasining ma'lum qilishicha, imomlar din tomondan bunday harakatlarni xususiy mullka nisbatan jinoyatlarga tenglashtirishdi.  

"Ma'naviy va axloqiy jihatdan bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Birovning WiFi’ga kirish nuqtasini egasini xabardor qilmasdan ishlatish mumkin emas, chunki bu internetning ishi samaradorligini tushiradi va moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin", deb aytildi jurnalistlarga BAAning islom ishlari bo‘yicha xizmatida.

Gazetaning yozishicha, bunda kirish nuqtasi parol bilan himoyalangan yoki ochiq bo‘lishi ahamiyatsiz, chunki internetni ruxsatsiz ishlatish o‘g‘rilik hisoblanadi. "Qonun bo‘yicha himoyalanmagan WiFi nuqtasiga ulanish uchun hech qanday jazo yo‘q. O‘z navbatida yopiq internet-akkauntni buzganlik isbotlangan bo‘lsa, 270 dollar miqdorida jarima ko‘zda tutilgan", deb aytdi axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Yozon al-Ravashdiy.

BAAda bunday o‘g‘riliklar ayniqsa kam ta'minlangan aholi orasida keng tarqalgan. Ular shu tariqa internetga bepul ulana oladilar. "WiFi tufayli bizning kvartira oldidagi yo‘lak turar-joy majmuasi farroshlari orasida "ziyoratgohga" aylangan. Ular bizning eshiklarimiz tagida pollarni juda uzoq yuvishadi. Aniqlanishicha, tarmoq buzilgan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bizning simsiz internetga kirish nuqtamizga muntazam ravishda ulanishar ekan", deb aytdi jurnalistlarga Abu-Dabida yashovchi ayol.  

Imomlarning ma'lumotlariga ko‘ra, "bunday jinoyatlar hattoki xalqaro darajada ham amalga oshirilmoqda, chunki mohir firibgarlar boshqa davlatlardan ham internetni o‘g‘rilay olmoqdalar. "Bu jiddiy muammodir. Aynan shuning uchun dindorlarning ko‘plab murojaatlariga javoban bu vaziyatga tegishli diniy bahoni berdik", deb aytildi Islom ishlari bo‘yicha xizmatda.

Ko‘proq yangiliklar: