«Arsenal» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yozgi transferlar vaqtida 150 mln funt ajratadi

Sport 19:12 / 01.05.2016 8389

«Arsenal» vakillari «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskining o‘yinlarini kuzatishmoqda va uning myunxenliklar jamoasidagi vaziyatidan xabardor bo‘lib turishibdi. Vakillar futbolchining jamoa bilan shartnomasini uzaytirish-uzaytirmasligi bo‘yicha jarayonni kuzatishmoqda.

Daily Mirror nashrida xabar qilinishicha, londonliklar jamoasi rahbariyati yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 150 million funt sarflashni rejalashtirgan.

«Kanonirlar» jamoasining hujum chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri sifatida 27 yoshli polshalik nomzodi ko‘zda tutilgan. Ushbu futbolchining transfer qiymati 53 million funtga baholangan.

Shuningdek, «Arsenal» Dortmundning «Borussiya» jamoasida asosiy tarkibda o‘ynayotgan 20 yoshli hujumkor futbolchi Yulian Vayglni ham «ko‘z ostiga olib qo‘ygan».

Ko‘proq yangiliklar: