ExxonMobil 1999 yildan beri eng yomon choraklik daromadni ko‘rsatdi

Jahon 07:45 / 30.04.2016 4390

AQSh va dunyoning eng yirik neft kompaniyalaridan biri ExxonMobil Corp. 2016 yilning 1-choragida 1999 yildan beri eng pastki daromadni ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda IBT nashri.

Ma'lum qilinishicha, kompaniya daromadining past ko‘rsatkichlari neft bozorida yuz berayotgan inqiroz bilan shartlangan. Exxon matbuot bayonotiga ko‘ra, korporatsiyaning yanvar-mart oylaridagi sof foydasi 3 marta tushib, 1,81 mlrd dollarni tashkil qildi. 2015 yilning shu davrida korporatsiya 4,94 mlrd dollar foyda olgan.

Nashrning yozishicha, Exxon’ning tushumi oxirgi 6 chorakdan beri kamaymoqda. Oxirgi marta bunday qisqarishlar 2001-2002 yilda yuz bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: