O‘zbekiston MB qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajada saqlab qoldi

Iqtisodiyot 12:35 / 25.04.2016 1560

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan qayta moliyalash stavkasini yillik hisobda 9 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

"Qayta moliyalash stavkasining mazkur miqdorda qoldirilishi, birinchi navbatda, inflyatsiya darajasining maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida bo‘lishini ta'minlashga va shu bilan birga joriy yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy o‘sish sur'atlariga erishish uchun qulay moliyaviy va investitsion sharoitlarni yaratishga qaratilgan pul-kredit siyosatini davom ettirishga xizmat qiladi", deyiladi bank matbuot xizmati xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: