Qoraqalpog‘istonda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston 09:19 / 22.04.2016 5941

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi a'zolari, fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan ishchi guruhi a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim omili bo‘lgan saylov institutining mustahkam huquqiy asosi yaratilgani alohida ta'kidlandi.

– Tumanda faoliyat yuritayotgan 37 fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining barchasida ishchi guruhi tashkil etilgan, – deydi Beruniy tumani hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Shuhrat Erbo‘lov. – Oqsoqol va ularning maslahatchilariga muqobillik asosida nomzodlar ko‘rsatish davom etmoqda. Taklif etilayotgan nomzodlarning obro‘li, tashkilotchilik qobiliyati va hayotiy tajribasiga alohida e'tibor qartilmoqda.

Tadbirda saylovni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyaning vazifalari, ishchi guruh vakolatlari xususida atroflicha ma'lumot berildi.

Ko‘proq yangiliklar: