Qo‘shiqchini o‘z konsertida ilon chaqib o‘ldirdi

Jamiyat 16:28 / 07.04.2016 43300

Indoneziyalik qo‘shiqchi Irma Buleni konsert paytida ilon chaqib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Mashable xabar berdi.

29 yoshli Bule dangdut janrida ijro qiluvchi qo‘shiqchi sifatida mashhur. O‘z shoularida u bir necha bor ilonlar, jumladan, shoh ilon (kobra), bo‘g‘ma ilon (piton) va boshqa zaharli ilonlar bilan ishtirok etgan.

Qo‘shiqchi Janubiy Yava provinsiyalaridan birida konsert berayotgan chog‘ida bexosdan kobraning dumini bosib olgan.

Ijrochi zaharga qarshi vositadan bosh tortdi va konsertini davom etirdi. Biroq 45 daqiqadan so‘ng uning ahvoli yomonlashdi. Uni kasalxonaga olib ketishdi, biroq shifokorlar unga yordam bera olmadi.

Ko‘proq yangiliklar: