Jismoniy shaxslar uchun Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma 7,5 foizga oshadi

O‘zbekiston 20:49 / 16.12.2015 41107

2016 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 7 foizdan 7,5 foizga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi ma'lumotiga asoslangan holda Sputnik agentligi xabar qilmoqda.

Bunda yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz miqdorida saqlab qolindi.

“Mazkur choralar 2016 yilgi davlat byudjyetida ko‘rsatilgan bo‘lib, hukumat qarori bilan tasdiqlangan”, - deya ma'lum qildi DSQ vakili.

Korxonalar, muassasa va tashkilotlarning majburiy sug‘urta badallari, fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari va korxonalar, muassasa va tashkilotlar tomonidan realizatsiya qilingan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan ajratiladigan majburiy to‘lovlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi asosiy daromadi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: